Sanjar Fayziev yarim finalga yo‘l oldi

  • 15 mart, 2019, 17:42
  • 0
  • Tennis

Rossiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Kazan Kremlin Cup 2019” turnirida hamyurtimiz Sanjar Fayziev  yarim finalga yo‘l oldi.

Sanjar musobaqaning chorak finalida isroillik Ben Pataelga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 7:5, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi S.Fayziev musobaqaning final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda latviyalik Martins Podzusga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!