"Sevilya" XXI asrda bu ahvolga tushmagandi

Ispaniya chempionatining 32- tur so‘nggi o‘yinida “Sevilya” o‘z maydonida “Jirona”ga mag‘lub bo‘ldi. Bu esa andalusiyaliklar uchun joriy mavsum La Ligada o‘z uyidagi oltinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Shu tariqa “Sevilya” XXI asrda bir mavsumda o‘z maydonida eng ko‘p mag‘lub bo‘lish bo‘yicha o‘z antirekordini o‘rnatdi.

“Sevilya” oxirgi marta 1999/2000 yilgi mavsumda bundan ham yomon vaziyatga tushgan. O‘shanda jamoa o‘z uyida 7 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan edi.

Andalusiyaliklar ayni damda Ispaniya chempionati musobaqa jadvalida 41 ochko bilan 11-o‘rinda borishmoqda. "Sevilya" La Liga doirasida navbatdagi o‘yinni yana o‘z maydonida o‘tkazadi. Ularning bu safargi raqibi "Espanol" bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!