Shohjahon Ergashev jang qiladigan EBP kamari qanday nufuzga ega? Bu kamar reyting beradimi?

  • 5 iyun, 2021, 11:06
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 11 iyun kuni Toshkentda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida super engil vazn toifasida (-63,5 kg) faoliyat olib borayotgan Shohjahon Ergashev (19-0, 17KO) tanzaniyalik Salimu Jengoga (16-3, 10KO) qarshi EBP chemponlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bu kamar haqida ko‘pchilik ma’lumotga ega emasligi tabiiy hol.

"Euroasian Boxing Parliment" (EBP) 2015 yilda tashkil topgan professional boks tashkiloti hisoblanadi. Evroosiyo mintaqasidagi 30 ta davlat professional boks federatsiyalarini o‘z a’zoligiga qabul qilgan. Tashkilot qarorgohi Rossiyada joylashgan va boshqaruv lavozimlarida ham asosan rossiyaliklarni ko‘rishimiz mumkin. EBP prezidenti sifatida Mixail Denisov ish olib bormoqda. Bu tashkilotda chempionlarga nazar soladigan bo‘lsak, asosan rossiyaliklarni ko‘rishimiz mumkin. Sergey Kovalov, Maksim Vlasov, Eduard Troyanovskilar bu yo‘nalishda sobiq chempionlardir.

k1

Bilamizki, professional boksda 4 ta tayanch tashkilot bor (WBC, WBA, WBO va IBF). EBP tayanch yo‘nalish sifatida tan olinmagan. Ammo bu IBF tasarrufida bo‘lib, tashkilot tomonidan tasdiqdan o‘tgan janglar faqat IBF reytingiga ta’sir qilishi mumkin. Qolgan 3 yo‘nalish tomonidan esa tan olinmaydi.

Shohjahon Ergashev agarda 11 iyun kuni EBP kamarini qo‘lga kiritsa, faqatgina IBF reytingidagi o‘rnini saqlash uchun hizmat qilishi mumkin. Lekin qolgan yo‘nalishlarga bu kamarning ta’siri yo‘q.

Matchroom kompaniyasi DAZN bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!