Stol tennisi. Bugun Doxada Osiyo chempionati boshlanadi

Bugun Qatar poytaxti Doxa shahrida stol tennisi bo‘yicha U15 va U19 yosh toifalarida Osiyo chempionati start oladi. Unda o‘zbekistonlik yosh sportchilar ham jamoaviy, ham yakkalik dasturlarida medallar uchun kurash olib borishadi.

Reglamentga ko‘ra, bugun jamoaviy yo‘nalishdagi bahslarga start beriladi. Unda o‘smirlarimiz Xitoy va Eron, yoshlarimiz esa Koreya va Tailandga qarshi guruh bosqichidagi bahslarini o‘tkazishadi. Musobaqada jamoalarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishmoqda:

U15: Arujan Kamalova, Asel Erkebaeva

U19: Marhabo Magdieva, Go‘zaloy Abduqahhorova, Shahzoda Erkinjonova, Mohira Abdullaeva

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!