Stol tennisi. Erkaklar terma jamoamiz ikkinchi bahsda ham yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Xitoyning Chendu shahrida stol tennisi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, erkaklar terma jamoamiz ikkinchi uchrashuvda Hindiston termasiga qarshi bahs olib bordi 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, yigitlarimiz jahon chempionatining dastlabki uchrashuvida Frantsiyaga ham 3:0 hisobida yutqazib qo‘yishgan edi.

O‘zbekiston 0 – 3 Hindiston

Elmurod Xolikov – Xarmit Desai 0:3

Abdulaziz Anorboev – Satxiyan Gnanasekaran 0:3

Shoxrux Iskandarov – Manav Takkar 0:3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!