Uayt eng yomon promouter kimligini aytdi

  • 10 fevral, 10:59
  • 0
  • MMA

UFC bosh direktori Dana Uayt Bellator prezidenti Skott Koker haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uaytning ta’kidlashicha, u o‘z hamkasbini yuqori darajadagi promouter deb hisoblamaydi, chunki u yangi iqtidorli jangchilarni rivojlantirmaydi, aksincha boshqa promoushenlardan taniqli faxriylarni taklif qilishni afzal ko‘radi.

Bu Kokerning usullari. Unga tanish ish uslubi bor. Skott Koker hech kimni kashf etmaydi yoki rivojlantirmaydi, shunday emasmi? U hech qachon jangchilarni yulduzga aylantirmaydi. Koker allaqachon shakllangan nomlarni oladi va ular bilan ishlaydi. U juda yomon promouter", - deya Uayt so‘zlarini keltiradi MMA Mania.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili PFL Bellatorni xarid qilish bo‘yicha kelishuv yakunlanganini rasman e’lon qilgandi. Ularning birinchi qo‘shma turniri 24 fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!