Ulug‘bek Baqoev: "Bu bahs bizning qanday darajada ekanimizni ko‘rsatdi"

  • 27 sentabr, 2023, 22:01
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Buxoro" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Uchrashuvni yomon tarzda boshladik va buning natijasida tezkor gol qabul qilib oldik. "Neftchi"dek klubga qarshi o‘yinda bunday sust harakat qilishingiz raqibga juda katta imkoniyat taqdim etadi.

Ikkinchi taymda bellashuvni o‘zgartirishga urinib ko‘rdik. Biroq rejalarimiz o‘xshamadi. Menimcha, bu bahs bizning qanday darajada ekanimizni ko‘rsatdi.

"Neftchi"ni g‘alaba bilan qutlayman va kelgusi o‘yinlarida omad tilayman. Chempionatning navbatdagi tur o‘yinlariga tayyor bo‘lishimiz lozim. 

Hujum qilishimizga raqib imkon bermadi. 3 ochko uchun maydonga tushdik. Biroq mag‘lubiyatga uchradik. Futbolda shu kabi holatlar ham uchrab turadi, albatta", - dedi mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
28/09/2023 07:09
Бухоро мухлислари ит у'рис бу'к,иевни россияга сургин к,илворинглар у'ша ёк,да у'рисча гаплашиб юраверсин