"Volga" bosh murabbiyi "Andijon"ga qarshi o‘yindan keyin: "Dastlabki 30 daqiqada jamoamni tanimadim"

  • 9 fevral, 2023, 03:07
  • 0
  • Futbol

“Andijon”ning “Volga” klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng raqib jamoa bosh murabbiyi Sergey Jukov “Andijon” matbuot xizmati uchun o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Sergey Nikolaevich, o‘yin haqida nima deya olasiz?

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lim boshida “Andijon” juda uyushqoqlik ko‘rsatdi va tashabbus bilan harakat qildi. Golli imkoniyatlar tashkil etishdi, lekin darvozabonimiz yaxshi harakatlanib vaziyatlarni bartaraf etdi. Keyin o‘yindagi jarayon o‘zgarib ketdi. Bizning jamoamiz ustunlik qilib, gollar urishga erishdik. Ikkinchi bo‘limda ham imkoniyatlarimizdan unumli foydalanib ustunlikka erishdik.

- Jamoangizning 4:0 hisobida g‘alaba qozonishini o‘ylamagandingizmi?

- Nimaga? Biz bundan avval AGMK jamoasi bilan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik va 2:1 hisobida g‘alaba qozonganmiz. Bu jamoa sizlarda lider klublardan hisoblanadi. Ertalabki o‘yinimiz biroz o‘zimiz istagandek chiqmagandi. Kechkurun futbolchilar to‘g‘ri xulosa qilib, yaxshi harakatlanishdi. Ammo birinchi 30 daqiqada jamoamni tanimadim. Asosiysi, ishonchli g‘alaba qozondik.

- Ha, kunning birinchi yarmida “Volga” Qozog‘istonning “Okjetpes” jamoasiga 1:4 hisobida yuqtazdi. Ikkala uchrashuv bilan solishtirganda qanday farqli tomonlarini ko‘rdingiz?

- Aralash tarkib bilan o‘ynayapmiz. Safimizda bir qancha jarohat olganlar bor. O‘yinchilarning xarakatlarini kuzatib boryapmiz. Keyingi haftadan asosiy tarkib o‘zagini aniqlab olamiz. 25 fevralda Rossiya chempioni – “Zenit” jamoasi bilan o‘ynaymiz. Bo‘lajak muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ungacha boshlang‘ich va zaxira tarkibini aniqlab, mazkur holatdan kelib chiqib, chempionga qarshi o‘ynaymiz.

- “Andijon” tarkibida to‘p surgan futbolchilardan kimdir e’tiboringizni tortdimi?

- Texnikasi yuqori bo‘lgan o‘yinchilar ko‘p ekan. Birortasini ajratib ko‘rsata olmaymanu, lekin jamoa menga yoqdi.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!