Xabib Nurmagomedov: Terma jamoa murabbiyi jurnalistlar oldida javob berishi shart

  • 17 iyun, 2021, 22:06
  • 0
  • Futbol

Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Rossiya terma jamoasining "Evro-2020"dagi ishtiroki va terma jamoa murabbiyining intervyu bermasligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Menimcha, Cherchesov javob berishdan qochyapti. Chunki u juda ko‘p janjalli intervyularda qatnashgan. Murabbiy bulardan charchagan deb o‘ylayman. Ammo terma jamoa ustozi jurnalistlar oldida javob berishi shart. Chunki futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi taekvondo yoki MMA jamoasi emas. Futbolni hamma joyda - Kamchatkadan Kaliningradgacha tomosha qilishadi.

Evropa chempionatlari, Jahon chempionatlari, ayniqsa, milliy terma jamoa o‘ynagan paytlari bu juda ortadi. U bunga javob berishi kerak. Rossiya terma jamoasi futbolchi va murabbiylari jamoatchilik oldida javobgardir",-dedi Nurmagomedov.

Ma’lumot uchun, Cherchesov boshchiligidagi ruslar Evropa chempionati ikkinchi turidan keyin 3 ochko to‘pladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!