Xanchjou-2022 ob’ektlari: “Fuyang Yinhu Sports Centre” uchta sport turidagi bahslarni qabul qiladi (video)

XIX Osiyo o‘yinlari bahslari bo‘lib o‘tadigan inshootlar haqida ma’lumot berishda davom etamiz. Bugun sizlar bilan kamondan otish, o‘q otish sporti va zamonaviy beshkurash bo‘yicha bellashuvlarga mezbonlik qiladigan “Fuyang Yinhu Sports Centre” arenasi haqida gaplashamiz.

Ushbu majmua ham Atletlar shaharchasidan uzoqda joylashgan inshootlar qatoriga kiradi. Sportchilar arenaga borish uchun 44 km yo‘lni bosib o‘tishlari kerak. Ob’ektning ochiq havoda joylashgan sektorlariga 1815, ichkaridagi o‘q otish zaliga esa 3177 nafar muxlis tashrif buyurishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi bo‘lajak Osiyo o‘yinlarida mazkur uchchala sport turida ham ishtirok etishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!