Yosh Garnacho yana bir bor MYu tarixiga kirdi

APL 28-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Everton" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mankunialiklar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Gollarga Bruno Fernandesh hamda Markus Reshford mualliflik qildi. Qizig‘i, har ikki gol penaltidan kiritildi. Ushbu penaltilarni Alexandro Garnacho ishladi va "Manchester Yunayted" tarixida Premer-liga o‘yinida 2 ta penalti ishlagan birinchi futbolchiga aylandi.

Bu Angliya chempionatida oxirgi marta 2021 yilning dekabrida sodir bo‘lgan. O‘shanda "Chelsi" futbolchisi Antonio Ryudiger "Lids"ga uchrashuvda 2 ta penalti ishlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!