“Bunyodkor”da ham rahbariyat o‘zgardi

 

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Klubning yangi prezidenti etib “O‘ztransgaz” AK Boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Murodillaevich Ashurov tanishtirildi.

Shuningdek, “Bunyodkor” FK bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Boboev Baxtiyor Melievich o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.  Klubga yangi bosh direktor etib Murod Boqievich Aliev tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval "Paxtakor" jamoasi rahbariyatida ham o‘zgarishlar amalga oshirilgandi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!