
Muhim xabar! “Barselona” tarkibni butunlay yangilaydi. Faqat 6 futbolchi sotilmaydi
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida jamoa futbolchilarning aksariyatiga javob berib yuboradi.
Kataloniya klubi rahbariyati faqat olti futbolchi - Lionel Messi, Antuan Grizmann, Frenki de Yong, Mark-Andre ter Stegen, Ansu Fati va Jerar Pikedan tashqari, har qanday o‘yinchisiga bo‘lgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Mazkur olti nafar futbolchidan boshqa hamma ketishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Ular Kataloniyaga olib kelinadigan Lautaro Martines va Miralim Pyanich trasnferlariga qo‘shilishi mumkin.
Ayni paytda Nelsen Semedu “Manchester Siti”ni, Artur “Yuventus”ni, Jan-Kler Todibo “Everton”ni tanladi. Qolgan futbolchilar ham o‘zlariga yangi jamoa qidirmoqda.
Fikrlar