
IV yozgi Osiyo o‘yinlari va V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining o‘tkazilishi uchun mo‘ljallangan “Olimpiya shaharchasi” bo‘ylab press-tur tashkil etildi (fotogalereya)
Bugun 2025 yilda Toshkent shahrida IV yozgi Osiyo o‘yinlari va V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining o‘tkazilishi uchun mo‘ljallangan “Olimpiya shaharchasi” bo‘ylab press-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari 7 ta ob’ektda kechayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev o‘tgan yili 9 noyabr kuni "Olimpiya shaharchasi" qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uning maydoni 100 gektar bo‘lib, 10 ming o‘rinli engil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta ochiq sport inshootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakurash, jamoaviy sport majmualari barpo etiladi.
Loyiha dunyoning 70 ta mamlakatida sport inshootlari qurgan Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu hudud yaqinida yana bir shahar – Yangi Toshkent qurilishi rejalashtirilgan.






























Fikrlar