Ulug‘bek Rashidov jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Tunisning Hammamet shahrida davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kunida  Ulug‘bek Rashitov bronza medaln qo‘lga kiritdi.

Chempionatning ikkinchi kunida o‘g‘il bolalar -51 va -55 kg vazn toifalarida bahslashgan bo‘lsa, qizlar -46 va 49 kg vaznda g‘oliblar nomi aniqlandi.

-51 kg da yurtimiz sharafini himoya qilgan Ulug‘bek Rashitov yarim finalgacha bir-biridan qiziqarli janglarni o‘tkazib, raqiblarini yirik hisobda engishning uddasidan chiqdi.

U braziliyalik Gabriel Alves (25:5), malayziyalik Imon Firdavs Nasriddin (25:7), nimchorak finalda gretsiyalik Dikaios Michalakakos (25:13), chorak finalda esa rossiyalik Anatoliy Iarinni (18:8) mag‘lub etdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Final uchun kurashda eronlik Amir Valipurga kichik – 11:17 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan chegaralandi. Eronlik ushbu sportchi finalda ozarbayjonlik Xono‘g‘lon Karimovdan ustun kelib, oltin medal sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, chempionatning birinchi kuni -45 kg vaznli sportchimiz Amirbek To‘raev kumush medal sovrindori bo‘lgan edi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!