Aleksandr Volkanovskining ehtimoliy raqibi ma'lum
Aleksandr Volkanovski (28-4) va Movsar Evloev (20-0) oʻrtasidagi toʻqnashuv hali rasmiy eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, yarim engil vazn toifasida ikki karra UFC chempioni oʻzining navbatdagi raqibi rossiyalik jangchi boʻlishiga ishonmoqda.
"Keyingi raqibim katta ehtimol bilan Movsar boʻladi, shuning uchun kurash mahoratimni rivojlantirishga eʼtibor qaratyapman. Evloev ajoyib sportchi. Unga qarshi bahs oson oʻtmasligi aniq", - dedi avstraliyalik sportchi mashgʻulotlar jarayonida.
Maʼlumot uchun, Volkanovski oxirgi jangida Diego Lopesga qarshi revanş oʻtkazib, hakamlarning yakdil qaroriga koʻra gʻalaba qozondi. Movsar esa Lyeron Merfini ochkolar evaziga taslim etdi.

Fikrlar