
“Barsa” katta ishga qo‘l uradi
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida tarkibini ko‘p gol ura oladigan hujumchi bilan kuchaytirishga e’tibor qaratadi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar jamoaga “Milan”ning qanot hujumchisi Rafael Leauni taklif qilmoqchi.
Portugaliyalik 25 yoshli futbolchi hozir jamoadagi ahvolidan norozi. Leauga bosh murabbiy Paulu Fonseka kelganidan beri etakchilik mavqeini boy bergani yoqmayapti. Buning oqibatida o‘yinchining transfer narxi pasayib boryapti.
“Barselona” esa, iqtidorli hujumchi atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Shundan bo‘lsa-da, Leauning milanliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etishi belgilangan va bu transfer uchun 75 million evro atrofida xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar