Byanka Andreesku "BNP Paribas Open" g‘olibi

  • 18 mart, 2019, 05:47
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Kanadalik tennischi Byanka Andreesku va germaniyalik Anjelik Kerber "BNP Paribas Open" musobaqasining so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida o‘zaro to‘qnash keldi.

Tecno

Uch set davom etgan mazkur o‘yinda Byanka tajribali raqibasini, 6:4, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yakunda turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Indian-Uells shahrida bu g‘alaba Andreesku uchun faoliyatidagi ilk sovrin bo‘ldi. U bosh sovrin bilan birgalikda 1,354,010 AQSh dollari va 1000 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!