Ibrohimovichga haykal qo‘yishadi

CHERY AUTO

Shvetsiyaning Stokgolm shahrida mamlakatning eng mashhur futbolchisi Zlatan Ibrohimovichga qariyb uch metrlik haykal o‘rnatishadi. 

Tecno

Balandligi 2,7 metr bo‘lgan haykal "Frends-Arena" stadioni yaqinida qad rostlaydi. 

Ayni paytda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotgan Ibrohimovich faoliyati davomida 11 marotaba mamlakatning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan. Mohir hujumchi Shvetsiya terma jamoasida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. 

Bu yil terma jamoadagi faoliyatini tugatgan to‘purar hujumchi 116 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 62 ta to‘p kiritgan. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!