
Kiki Bertens kutilmagan natija qayd etdi
Italiyaning Palermo shahrida xotin-qizlar tomonidan o‘tkazilgan "Palermo Ladies Open" tennis turnirida g‘olib nomi aniqlandi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida gollandiyalik Kiki Bertens va shveytsariyalik Jil Belen Taykmann o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur uchrashuvda Kiki kutilmaganda raqibasiga 6:7, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa g‘olib chiqib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Taykmann 280 reyting ochkosi hamda 34,677 evro mukofot pulini ishlab oldi.
Fikrlar