Peter Bosh: O‘z o‘yin uslubimni o‘zgartirmayman
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Peter Bosh o‘z o‘yin falsafasini o‘zgartirish niyati yo‘qligi haqida aytib o‘tdi. Aytish kerakki, gollandiyalik mutaxassis ayni damda 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanmoqda.
“Men o‘z o‘yin uslubimni o‘zgartirmayman. Mavsum boshida bu narsa foyda berganini odamlar ko‘rdi. Muxlislar ham, futbolchilar ham bunday futboldan zavq olishdi. Shunday ekan biz o‘z o‘yin uslubimizda o‘zgartirmaymiz”, - deydi Bosh Bild.
Ma’lumot uchun, “Borussiya” ayni damda Bundesliganing 9ta turidan so‘ng 20 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar