Simona Xalep finalga chiqa olmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ruminiyalik Simona Xalep Mayami shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim final bosqichida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Simona "Premera" turkumiga kiruvchi mazkur turnirda chexiyalik Karolina Plishkova bilan kuch sinashib, 5:7, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa "Miami Open"ning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Plishkova avstraliyalik Eshli Barti bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!