
18 yoshli Mbappe barchani hayron qoldirishda davom etmoqda
Frantsiyaning "Monako" klubi forvardi Kilian Mbappe kecha bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida "Manchester Siti" (3:1) darvozasiga yana gol urdi.
E’tiborlisi shundaki, 18 yoshli Mbappe o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 11ta uchrashuvda raqiblari darvozasiga 11ta gol urishga erishgan.
Ta’kidlash kerakki, Mbappe ayni shu o‘yinlari bilan Evropaning grand klublari qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
Fikrlar