
4 nafar hamyurtimiz UFC yulduzlari bilan bir jamoada!
Amerikaning "Global Fight League" (GFL) promousheni ko‘plab MMA jangchilari, shu jumladan UFC yulduzlari Toni Fergyusson, Yuraya Xoll bilan bir qatorda hamyurtlarimiz bilan ham shartnoma imzoladi.
Endi 4 nafar vakilimiz - Humoyun To‘xtamurodov, Amirxon Alixo‘jaev, Saidyoqub Qahramonov va Muhiddin Mamajonov Amerika ligasida ishtirok etadi.
Bo‘lajak bahslarda yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar