59 nafar muxlis hibsga olindi

  • 29 yanvar, 16:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning 59 nafar faol muxlisi Germaniyaning Shtutgart shahrida mahalliy politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda "L'equipe" nashri xabar berdi.

Parijlik muxlislar o‘zlarini beodoblarcha tutib, mahalliy aholi va raqib jamoa ishqibozlari bilan bir necha bor to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvga PSJning 3300 nafar muxlisi tashrif buyurishi kutilmoqda. Har ikkala jamoa ham ettita o‘yindan keyin o‘n ochkodan to‘plagan. PSJ turnir jadvalida 22-o‘rinni, "Shtutgart" esa 24-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, "Shtutgart" Chempionlar ligasining umumiy bosqichi doirasida PSJ bilan to‘qnash keladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!