Albina va Sevil yarim finalda o‘ynaydi

Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi o‘tkazayotgan "Almaty Open" turnirining juftlik bahslarida yarim finalchilar nomi aniqlandi.

Musobaqada hamyurtimiz Albina Xabibulina qirg‘izistonlik Kseniya Palkina bilan armanistonlik Narine Sarksyan va rossiyalik Anastasiya Veselovani 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yosh tennischimiz Sevil Yo‘ldosheva va xorvatiyalik Oleksandra Oliynikova tandemi qozog‘istonlik Ekaterina Dmitrichenko va rossiyalik Anna Iakovlevani 6:3, 5:7, 10:5 hisobida taslim qildi.

Endi yarim finalda Albina va Kseniya rossiyalik Vlada Koval hamda germaniyalik Anastasiya Rosnovska bilan raqobatlashsa, Sevil va Oleksandra ukrainalik Marina Chernisheva hamda isroillik Vlada Ekshibarovani sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!