Aleksandra Sosnovich ishonchni oqladi
Belaruslik Aleksandra Sosnovich Lugano shahri mezbonlik qilayotgan turnirning birinchi davrasida g‘alaba qozondi.
U mazkur bosqichda gollandiyalik Rishel Xogenkampni birinchi setda tay-brekda enggan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Sosnovich "Samsung Open - 2018" turnirining ikkinchi davrasida belgiyalik Kirsten Flipkens va germaniyalik Karina Vittxyoft uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar