Ana Ivanovich: Bugun bayram!
Bugun serbiyalik tennischi Ana Ivanovich 30 yoshga to‘ldi.
Tennis olamining eng go‘zal tennischilaridan biri bo‘lgan Ana 1987 yilning 6 noyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida dunyoga kelgan.

U professional tennisdagi faoliyatini 2003 yilda boshlagan. Ana bu davr davomida WTA turkumidagi 15 turnirlarning bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Faoliyati davomida Ivanovich 15.519.787 AQSh dollar mukofot pulini ishlab topdi.
Ana Ivanovich 2016 yilning iyul oyida germaniyalik futbolchi Bastian Shvaynshtaygerga turmushga chiqdi va o‘sha yilning dekabr oyida tennisdagi faoliyatini yakunladi.

Hozirda u turmush o‘rtog‘i bilan Chikagoda yashamoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda u ona bo‘lish arafasida

Fikrlar