Arina Folts Turkiyada zafar quchdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iste’dodli tennischimiz Arina Folts Turkiyada ayollar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnirda qatnashmoqda.

 

Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollari bo‘lgan turnirning juftlik bellashuvlarida ukrainalik Alyona Bondarenko bilan birga o‘ynayotgan Arina Folts birinchi bahsda amerikalik Akiko Okuda va xitoylik Yiya Shaoni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Arina va Alyona keyingi davrada ikkinchi raqamda saralangan juftlik - bolgariyalik Diya Evtimova hamda ukrainalik Alyona Fomina bilan raqobatlashadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!