Ashxobod-2017. Futzalchilarimiz yarim finalda!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning chorak finalida Vetnam terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Toshkent vaqti bilan 19:00da start olgan qarama-qarshilikda Davron Choriev va Farhod Abdumavlonovlarning gollari termamizga 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

O‘FA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Bahodir Ahmedov boshliq futzalchilarimiz yarim final bosqichi doirasida ertaga Yaponiyaga qarshi to‘p suradi.

"Ashxobod-2017"

Futzal, Chorak final

23.09.2017

19:00. Vetnam - O‘zbekiston 2:0

Gollar: Davron Choriev(6), Farxad Abdumavlonov(36)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!