Aziz Ibragimov "Buxoro"dan ketdi

  • 12.01.2019 21:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavsumni bir tekisda o‘tkaza olmagan «Buxoro» klubi yangi chempionatga tarkibi bir muncha o‘zgargan holda kirib boradiganga o‘xshaydi. Boisi, jamoani bir qator etakchi futbolchilari tark etishmoqda. Jumladan yarim himoyachi Aziz Ibragimovning ham «Buxoro»dagi faoliyati yakuniga etdi. U esa bu haqida bizga ma’lum qildi.

- «Buxoro» bilan bir yilga shartnoma tuzgandim. Endilikda esa o‘rtadagi bitim tugadi va men klubni rasman tark etdim. Hozircha keyingi taqdirim haqida bir nima deya olmayman. Balki O‘zbekistonda, balki xorijda o‘ynarman. Hali noma’lum, - dedi futbolchi.

Klubdan rasman ketganini e’lon qilgan Aziz «Buxoro»dagi o‘tgan yilgi faoliyati haqida ham eslab o‘tdi.

- Yil boshida «Buxoro» klubi oldiga kuchli olitikka kirish vazifasi qo‘yilgandi va buni bajardik. Jamoaning mavsumni ikki xil o‘tkazganining sababiga kelsak, buni ham ikki xil ta’riflayman. Birinchisi, o‘z nomi bilan kuchli oltilikka kirgandan keyin o‘z nomi bilan kuchli raqiblar – «Lokomotiv», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Navbahor» va «Metallurg» kabi jamoalar bilan raqobatlashish oson emas. Axir ular ham bejizga kuchli oltilikka kirishmagan. Ikkinchidan, mavsumning ikkinchi yarmiga kelib klubda mablag‘ muammosi boshlandi. Shu ikkala faktor katta rol o‘ynadi deb o‘ylayman. Garchi «Buxoro» moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolganiga qaramay, rahbariyat, murabbiylar va futbolchilar jamoaning natijalarini yaxshilashga harakat qildik. O‘ylaymanki, mavsumning oxiriga qadar munosib kurashdik deb hisoblayman. Lekin o‘tgan yilgi mavsumdan ko‘nglim to‘lmadi.

Shuningdek, sobiq bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev hamda yangi murabbiyga aylangan Baxtiyor Ashurmatov haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.

- Ulug‘bek Baqoevni yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Kuchli oltilikka kirish vazifasini uddaladi. O‘ylaymanki, bu murabbiyning kelajagi porloq. Keyingi faoliyatida omad tilayman.  Baxtiyor Ashurmatov ham yaxshi mutaxassis. O‘tgan yili O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritib katta natija ko‘rsatdi. Uning «Buxoro»da olib boradigan ishlarida omad tilayman. Shu o‘rinda so‘zimning oxirida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi musobaqaga yaxshi tarkibni olib ketdi. Eng yaxshi legionerlarimiz ham bor. Qolaversa, iqtidorli yoshlarni ham olib ketishdi. Umid qilamanki, terma jamoamiz musobaqadan yaxshi natijalar bilan qaytishadi, - deya fikrlarini yakunladi Ibragimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!