Begzod Rasamatov chorak finalda

Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan o‘smirlar o‘rtasida "KAZZINC Open – 2018" turniri o‘tkazilmoqda.

Ushbu musobaqaning asosiy to‘r bahslari ikkinchi davrasida Begzod Rasamatov ukrainalik tennischi Aleksandr Grekulni 6:2, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa chorak finalda Begzod rossiyalik Nikita Kashiringa qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!