Bekmurod Oltiboev yarim finalda
Bugun poytaxtimizda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining yakunlovchi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida eng og‘ir vazn toifasidagi bellashuvlar kechadi.
Musobaqani boshlagan polvonlarimizdan faqatgina +100 kg vazn toifasidagi Bekmurod Oltiboev yarim finalgacha etib bordi. Ushbu vakilimizga final ostonasida rossiyalik Renat Saidov raqiblik qiladi.
Shuningdek, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ixtiyor Xolmurotov bronza medali uchun o‘tish bellashuvida tojikistonlik Shakarmamad Mirmamadovga qarshi tatamiga chiqishi kerak. Har ikki bahsda terma jamoamiz a’zolariga omad tilaymiz.

Fikrlar