Belgiya terma jamoasi ustozi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinga kimlarni chaqirdi?

  • 16 mart, 2018, 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Roberto Martines boshchiligidagi murabbiylar shtabi Belgiya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yiniga quyidagi futbolchilarni jalb etdi:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua ("Chelsi"), Simon Minole ("Liverpul"), Mats Zels ("Anderlext"), Kun Kastels ("Volfsburg");

Himoyachilar: Tobi Alderveyreld, Yan Vertongen (oba - "Tottenxem"), Dedrik Boyyata ("Seltik"), Loran Ciman ("Los-Anjeles Geleksi"), Leander Dendonker ("Anderlext"), Vensan Kompani ("Manchester Siti"), Djordan Lukaku ("Latsio"), Toma Mene (PSJ), Tomas Vermalen ("Barselona");

Yarim himoyachilar: Eden Azar ("Chelsi"), Yannik Ferreyra Karrasko ("Dalyan Ifan"), Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Mussa Dembele ("Tottenxem"), Antoni Limbombe ("Bryugge"), Maruan Fellaini ("Manchester Yunayted"), Raja Nainggolan ("Roma"), Yuri Tilemans ("Monako"), Aksel Vitsel ("Tyantszin Tsyuantszyan"), Dris Mertens ("Napoli"), Torgan Azar ("Borussiya Menxengladbax");

Hujumchilar: Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted"), Mishi Batshuayi ("Borussiya Dortmund"), Kevin Miralyas ("Olimpiakos"), Divok Origi ("Volfsburg").

Ma’lumot uchun, Belgiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi 27 mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!