Belinda Benchich kurashni davom ettiradi

Shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich "Dubai Duty Free Tennis Championships" musobaqasining ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.

Dubay shahrida o‘tayotgan musobaqaning birinchi bosqichida Belinda chexiyalik Lyusi Gradetskani 6:4, 7:6 hisobida taslim qildi.

Endi Benchich navbatdagi bosqichda daniyalik Karolin Voznyatski, yokio hamyurti Shtefani Fogelega qarshi raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!