Boburjon Tagaev Xitoyda o‘z kamarini himoya qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Samarqandlik muay taychi Boburjon Tagaev Xitoyning Chindu shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

24 yoshli muay taychimiz Xitoyda raqibi ustidan g‘alabaga erishdi va o‘z kamarini munosib tarzda himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz Boburjon Tagaev 1993 yilning 5 aprelida Samarqand shahrida tug‘ilgan. 6 yoshdan buyon muay tay bilan shug‘ullanib kelayotgan hamyurtimiz shu vaqtgacha 3 karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, shuningdek bir qator turnirlarda o‘zini ko‘rsatib ulgurgan. Samarqandlik iste’dodli muay taychimiz 2 yildan beri professional janglarda ishtirok etib kelmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!