
Botirali Ergashev Noyer va Buffonga havas qilishi, "Real" muxlisi ekanligi va boshqalar haqida
Xabaringiz bor "Navbahor" klubi posboni Botirali Ergashev tizzasidan olgan jarohati tufayli Turkiyada jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. "Lochinlar"ning telegramdagi ishqbozlar kanali admini Asadbek Ergashev Botirali bilan bog‘landi va qisqacha suhbatlashdi.
- Botirali Turkiya safari va jarrohlik amaliyoti qanday o‘tmoqda?
- Turkiya safari yaxshi o‘tmoqda. Hozirda Istanbul shahridaman. 21 noyabr kuni operatsiya o‘tkazildi. Xudoga shukr operatsiyani yaxshi o‘tkazib oldim. Qachondan mashg‘ulotlarga qaytishim va to‘liq sog‘ayib ketishim hozircha noma’lum. Tiklanish jarayoni yaxshi o‘tyapti. Sekin-asta sog‘ayib bormoqdaman. Shu kunlarda O‘zbekistonga qaytaman va 2 haftadan so‘ng yana muolajalarni o‘tash uchun Turkiyaga kelaman. Keyingi faoliyatim haqida hali bir to‘xtamga kelmadik. Jarrohlik amaliyotini yakunlab bo‘lib, O‘zbekistonga borib kelishuvni amalga oshiramiz.
- Jarrohlik amaliyoti paytida «Navbahor» futbolchilari bilan ham ko‘proq a’loqada bo‘lib turdingizmi? «Navbahor» jamoasi ancha ahl va inoq jamoa. Chunki maydonga chiqib kelishida ham boshqa jamoadardan farq qiladi.
- Ha albatta. Hamma futbolchilar bilan gaplashdim. Barchalari qo‘llab-quvvatlashdi, duo qilishdi. Bunday jamoadoshlarim borligidan faxrlanaman!
- Mana siz jamoa o‘yinlarini kuzatib bormoqdasiz. Kanchelskis qo‘l ostida «Navbahor» safarda ham ijobiy natija qayd etmoqda. O‘yin sifatida sal bo‘lsa ham o‘zgarish ko‘rdingizmi?
- Ha albatta o‘zgarishlar bor. Kanchelskis tajribali mutaxassis. O‘zi aytib o‘tganidek jamoani ideal holatga keltirish uchun vaqt kerak. Kelasi mavsumdan Kanchelskisning haqiqiy imzosini ko‘ramiz
- Bu yilga superliga haqida...
- Bu mavsum oldingi chempionatlardan ancha qizg‘in o‘tdi. Intriga yuqori darajada bo‘ldi va o‘yinlar murosasiz o‘tdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi
- Jamoadaoshlaringiz va muxlislarga aytar so‘zingiz...
Bronza medali bilan barcha jamoadoshlarim va muxlislarni tabriklayman! Muxlislar bunday qo‘llab-quvvatlashdan charchamanglar! Xudo xohlasa bizni oldinda chempionlik kutib turibdi. Biz jamoa bilan qanday yutuqga erishsak, bunda muxlislarning hissasi juda katta. «Navbahor» jamoam va muxlislarimiz bilan faxrlanaman! Uzoqda bo‘lishimga qaramay qalban jamoadoshlarim va muxlislar bilan birga bo‘ldim. Buning uchun rahbariyatga, futbolchilarga va muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bunday rahbarlar bor ekan, «Navbahor» ko‘zlagan ijobiy maqsadiga erishadi, futbolimiz faqat rivojlanadi. Viloyat hokimi Xayrulla Hayitboevich Bozorovga katta minnatdorchilik bildiraman!
- Telegramdagi kanalimiz haqida fikringiz...
- Yil davomida bu kanalni kuzatib bordim. Jamoa mag‘lubiyatga uchraganda ham ajoyib maqolalar bilan futbolchilar va muxlislarni ruhlantirib turdi. @FKMUHLIS ijodiy jamoasiga rahmat!
Blits savollar:
- Yoqtirgan rangingiz?
- Oq va yashil
- Sevimli taomingiz?
- Osh
- Yoqtirgan mashinangiz?
- Malibu
- Muxlislik qiladigan klubingiz?
- «Real Madrid»
- Yoqtirgan darvozaboningiz?
- Manuel Noyer va Janluijji Buffon
Fikrlar