Botirsherdan omad ketdi

  • 20.11.2016 11:30
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbek bokschisi Botirsher Obidov navbatdagi jangini o‘tkazdi. 

T-Mobile Arena majmuasida bo‘lgan professional boks kechasida o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchisi Botirsher Obidov rossiyali engilmas bokschi Bahrom Murtazaliev bilan raqobatlashdi. 

Hamyurtimiz jang hujumlar bilan boshlaganiga qaramay, ikkinchi raund oxirida kutilmaganda raqibining kuchli zarbasini o‘tkazib yubordi va uchrashuv hakami texnik nokaut qayd etib, g‘alabani raqibga berdi. 

Bu professional bokschi sifatida sakkizinchi jangini o‘tkazgan hamyurtimizning faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. 

Biz Botirsherga keyingi  janglarida omad qa g‘alaba yor bo‘lishini tilaymiz. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!