Bugun Bilolbek jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi

  • 26 noyabr, 2016, 12:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 9-kunida final janglari o‘tkaziladi.

Kecha yarim finalgacha etib kelgan Bilolbek Mirzarahimov (60 kg.) o‘zining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirib, musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U yarim finil jangida turkiyalik Najot Ekinchiga umuman imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida zafar quchdi. Endi bokschimiz hal qiluvchi jangda amerikalik Delante Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, yarim finalning eng keskin va murosasiz bellashuvlaridan birida Otabek Xolmatov yaponiyalik Hayato Tsutsumiga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari yarim final janglarida Shunqor Abdurasulov (56 kg.) va Shohruz Rahimov (91 kg.) bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!