
Bugun Istomin Uimbldondagi yurishini boshlaydi
Bugun “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining asosiy bahslariga start beriladi. Hamyurtimiz Denis Istomin ilk davrada AQShlik Donald Yang bilan bahs yuritadi.
Qayd etish joiz, Donald ayni vaqtda ATP reytingida 47-o‘rinda bormoqda. Hamyurtimiz esa bu borada 71-o‘rinda ketayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Istomin o‘zining g‘alabasiz seriyasini davom ettiradimi yoki yo‘q, buni bugun bilib olamiz. Hamyurtimiz yakkalik bahslarida so‘nggi bor Frantsiya ochiq chempionati “Roland Garros”ning 1/64 finalida Ernesto Eskobedoni mag‘lub etgan edi. Shundan keyin yakkalikda o‘tkazilgan ketma-ket 4 o‘yinda Denis mag‘lub bo‘ldi. Jumladan, shularning 3 tasi maysali kortlardagi turnirlarga to‘g‘ri keladi.
Istominning bugungi raqibi esa bu mavsum maysali qoplamaga ega bo‘lgan kortlarda o‘tkazilgan 4 o‘yinda zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17.00 da start oladi.
Fikrlar