
David Goffin so‘zining ustidan chiqdi
Belgiyalik tennischi David Goffin "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" musobaqasini ajoyib g‘alaba bilan boshladi.
David chempionatning birinchi davrasida chililik Kristiana Garinani 6:0, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Avstraliya ochiq birinchiligida Goffin ruminiyalik Mariush Kopil bilan ikkinchi davrada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Fikrlar