Denis Istomin ATR reytingida yuqoriladi
Professional tennischilar uyushmasi - ATR jahon tennischilarining yangi reyting jadvalini e’lon qildi.
Unga ko‘ra O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin o‘tgan galgi reytingga nistabatan 5 pog‘ona yuqoriladi.
Sanjar Fayziev esa joyida siljimadi.
Reytingning yuqori 10 ligida birorta o‘zgarish kuzatilmadi. Ispaniyalik Rafael Nadal jahon tennis tojini hech kimga bermay kelmoqda. Shveytsariyalik Rodjer Federer esa uni quvlashda davom etmoqda.
Kuchli uchlikni esa Endi Marrey yakunlab berdi.
ATR reytingi. 18 sentyabr
1 (1*). Nadal (Ispaniya) – 9465 ochko
2 (2). Federer (Shveytsariya) – 7505
3 (3). Marrey (Buyuk Britaniya) – 6790
4 (4). Zverev (Germaniya) – 4470
5 (5). Chilich (Xorvatiya) – 4155
6 (6). Djokovich (Serbiya) – 4125
7 (7). Tim (Avstriya) – 4030
8 (8). Vavrinka (Shveytsariya) – 3690
9 (9). Dimitrov (Bolgariya) – 3575
10 (10). Karreno-Busta (Ispaniya) – 2855…
......
82 (87) Denis Istomin (O‘zbekiston) - 626
259 (259) Sanjar Fayziev (O‘zbekiston) - 192
529 (523) Temur Ismailov (O‘zbekiston) - 61
914 (914) Jo‘rabek Karimov (O‘zbekiston) – 15
940 (944) Xumoyun Sultonov (O‘zbekiston) - 13

Fikrlar