Denis Istomin "Rolan Garros"da qachon kortga chiqadi?
Frantsiyaning Parij shahrida 27 maydan 10 iyun kuniga qadar "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirini o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur musobaqaning ayollar o‘rtasidagi saralash bahslarida ishtirok etgan tennischimiz Sabina Sharipova asosiy to‘rga chiqa olmadi.
Biroq erkaklar o‘rtasida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Frantsiya ochiq chempionatini asosiy to‘rning birinchi davrasidan boshlaydigan bo‘ldi. Qur’a natijasiga ko‘ra, Denis ilk bosqichda ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqadi.
Mazkur uchrashuv 27 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da o‘tkazilishi kutilmoqda. Ushbu bahsda Denis Istominga omad tilab qolamiz.
Mazkur uchrashuv 27 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da o‘tkazilishi kutilmoqda. Ushbu bahsda Denis Istominga omad tilab qolamiz.
Fikrlar