
Denis Istomindan uzoq kutilgan g‘alaba
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Mayamida Professional tennischilari uyushmasi - ATR tomonidan o‘tkazilayotgan "Miami Open - 2018" turnirining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Denis musobaqaning birinchi davrasida serbiyalik Miomir Ketsmanovichni 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Denis nufuzli turnirning ikkinchi davrada ispaniyalik Pablo Karreno Busta bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar