
Denis Istominning omadi qachon keladi?
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Germaniyada o‘tayotgan "Gerry Weber Open" turnirining saralash bahslarida ishtirok etdi.
U asosi to‘rga chiqish uchun saralash bahslarining ilk bosqichida frantsiyalik Jil Simonni mag‘lubiyatga uchratdi. Afsuski, musobaqaning so‘nggi bosqichida germaniyalik Mattias Baxingerga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqaning asosiy to‘r bahslari ertaga, 18 iyun kuni boshlanadi. Turnirning pul mukofoti 2,116,915 evroni tashkil etadi.
Fikrlar