Denis juftlik bahslarida g‘alaba qozondi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Xorvatiyaning Umag shahrida davom etayotgan turnirning yakkalik bahslarida ilk davradayoq mag‘lub bo‘lgan edi.
Bugun hamyurtimiz rossiyalik sherigi Mixail Elgin bilan juftlik bahslarida kurashga qo‘shdildi. Mukofot jamg‘armasi 540 310 evroni tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslari 1/8 finalida xorvatiyalik Antonio Sanchich xamda Dino Marcha duetiga qarshi kortga chiqdi.
Bir yarim soat davom etgan bahsda Denis va uning sherigi 7:5, 4:6, 10:6 hisobida g‘alaba erishdi.
Endi ular chorak finalda Maksim Mirniy(Belarus)/Daniel Nestor(Kanada) juftligiga qarshi kortga chiqishadi.

Fikrlar