
Dominik Tim yana yarim finalda
Avstriyalik tennischi Dominik Tim "Rolan Garros" musobaqasining chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Dominik ushbu bochqichda germaniyalik Aleksandra Zverevga qarshi kortga chiqib, 6:4, 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi. Endi u musobaqaning yarim finalida italiyalik Marko Chekkinato, yoki serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Dominik Timning ushbu g‘alabasidan so‘ng Frantsiya ochiq chempionatida qatorasiga uchinchi marotaba yarim finalga chiqdi.
Fikrlar