Donna Vekichga raqib topildi
Rossiyalik tennischi Svetlana Kuznetsova Luganodagi "Samsung Open - 2018" turnirida o‘z ishtirokini erta yakunladi.
U musobaqaning birinchi davrasida germaniyalik Mona Bartelga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:4, 3:6, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Endi Bartel nufuzli turnirning ikkinchi davrasida xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar