Dzyudochilarimiz Parijga yo‘l olishadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ushbu hafta yakunida dzyudo ishqibozlarining nigohi Frantsiya poytaxtimiga qaratiladi. Boisi 10-11 fevral kunlari Parij shahrida ushbu sport turi bo‘yicha navatdagi Katta dubulg‘a turniriga mezbon bo‘ladi. 

Dunyoning eng sara sportchilari ishtirok etadigan joriy turnir ham vakillarimi ishtirokida o‘tadi. Terma jamoamiz murabbiylar shtabi Parij turniriga 4 nafar sportchi bilan yo‘l olishadi. Unga ko‘ra, 60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddin Lutfullaev, -66 kilogramm vazn toifasida Sardor Nurullaev, -73 kg.da Hikmatullo To‘raev va -81 kilogrammgacha toifasida Akmaljon Najmiddinov ishtirok etishadi. 

"Musobaqaga tayyogarlik yaxshi bo‘ldi. Aynan shu turnirga puxta hozirlik ko‘rish uchun astoydil harakat qildim. Parij turnirida muntazam ishtirok etib kelaman. U erda eng sara dzyudochilar jam bo‘lishadi. Jahon reytingida ham juda katta ochko beradi. Nasib qilsa, bu yil chempion bo‘lib kelishni niyat qilganman", – deydi terma jamoamiz a’zosi Sharofiddin Lutfullaev. Ushbu dzyudochimiz o‘tgan yilgi bahslarda kumush medalga ega bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!