Ejeni Bushar Tasmaniyaga yo‘l oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kanadalik tennischi Ejeni Busharga Tasmaniya shtatining Xobart shahrida o‘tkaziladigan xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslarida ishtirok etish huquqini beruvchi “wild card” berildi.

 “Yangi mavsumni Xobartda bo‘lib o‘tadigan musobaqada boshlashimdan xursandman. “Wild card” uchun musobaqa rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu musobaqa “Australian Open – 2018” turniriga tayyorgarlik ko‘rishim uchun katta foyda beradi”, deydi Ejeni Bushar.

Eslatib o‘tamiz, Ejeni Bushar 2016 yili mazkur turnirning finalida ishtirok etgan va frantsiyalik Alize Kornega 6:1, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!